GALITSIYALIKLAR

GALITSIYALIKLAR (o’zlarini galego deb atashadi) — Ispaniyadagi xalq, Galisiyaning asosiy aholisi. Shuningdek Argentina, Braziliya va Amerikaning boshqa mamlakatlarida yashaydilar. Umumiy soni 4,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Galitsiyaliklar tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar.