GERKULANUM
GERKULANUM (Herculaneum) — Italiyadagi qadimgi Rim imperiyasi shahri (hozirgi Neapol shahri yaqinida). Milodiy 79-yil 24 avgustda Vezuviy vulkanining otilishi natijasida kulga ko’milib, qisman buzilgan. Ajoyib haykaltaroshlik, rassomlik asarlari, ro’zg’or buyumlari, shuningdek turar joylar, hammom, teatr, maydon va boshqalar qazib topilgan.