GEROSTRAT

GEROSTRAT (Yunoncha Herostratos) — Efes shahri (Kichik Osiyo)ning fuqarosi (yunon). O’z nomini abadiylashtirish maqsadida miloddan avvalgi 356 yil (Makedoniyalik Aleksandr tavallud topgan kechasi) dunyoning yetti mo’jizasidan biri — Efesdagi Artemida ibodatxonasiga o’t qo’ygan. Majoziy ma’noda —har qanday yo’l bilan ham shon-shuhratga intiluvchi shuhratparast.