HARBIY SIR

HARBIY SIR — oshkor qilinishi mamlakat mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va qurolli kuchlari uchun og’ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan harbiy yo’sindagi ma’lumotlar. Harbiy sirni oshkor qilganlik uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida jazo choralari belgilangan.