SHARJA
SHARJA — BAAdagi shahar. Sharja amirligining poytaxti. Aholisi 320 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Fors qo’ltig’i sohilidagi port, savdo markazi. Oltin va kumush buyumlar kandakorligi rivojlangan. Qirg’oqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi.