SHVEYTSARIYALIKLAR

SHVEYTSARIYALIKLAR Shveytsariya aholisining umumiy nomi. German-shveytsariyaliklar (4,22 million kishi, 1990-yillar o’rtalari), frantsuz-Shveytsariyaliklar (1,16 million kishi), italyan- shveytsariyaliklar (230 ming kishi) va retoromanlar (60 ming kishi)dan iborat. Shunga ko’ra, nemis, frantsuz, italyan va retoroman tillarida so’zlashadi. Dindorlari — protestantlar, qisman katoliklar.