SHEVIOT

SHEVIOT (inglizcha speuyu!) — jun tolalari yoki aralash tolalar (jun, paxta, viskoza tolasi va boshqalar) dan to’qiladigan mayin, qalin, sal tukli gazlama. Sarjali o’rilishda to’qilgani uchun o’ngida mayda diagonal yo’llar hosil bo’ladi. Sheviot sidirg’a (asosan, to’q) rangga bo’yalib ishlab chiqariladi. Undan kostyumlar, xizmat kiyimlari va maktab formalari tikiladi.