GLOMERULONEFRIT
GLOMERULONEFRIT (Yunoncha glomerulo — buyrak koptokchasi, nephritis — buyrak yallig’lanishi) — buyrak kalavachalarining infektsion-allergik yallig’lanishi. Yuqumli kasallikdan so’ng rivojlanadi. Kasallik patogenezida immun birikmalar yetakchi rol o’ynaydi. Glomerulonefritda bemorning qon bosimi ko’tariladi, siydikda qon yoki oqsil paydo bo’ladi. Siydik kam ajralib, badan shishishi ham mumkin.