GIFOMITSETALAR

GIFOMITSETALAR (Hyphomycetales, Moniliales) — tuban zamburug’lar (Deuteromycetes) tartibi. 650 turkumi, 10 mingdan ortiq turi bor. Gifomitsetalarning miseliysi ko’p hujayrali. Jinssiz yo’l bilan (konidiyalar orqali) ko’payadi. Gifomitsetalar orasida tuproqda yashaydigan saprofitlar, shuningdek, o’simliklarda kasallik tug’diradigan parazitlar ham bor.