UDEGEYLAR
UDEGEYLAR (o’zlarini udee, udeke deb ataydilar) — Primore va Xabarovsk o’lkalari (Rossiya Federatsiyasi)da yashovchi xalq. 1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Udegey tilida so’zlashadi. Udegeylarda tabiat kuchlari va hayvonlarga sig’inish, shomonlik saqlanib qolgan. Asosiy mashg’uloti — ovchilik, baliq ovlash, jenshen yig’ish.
O‘xshash so‘zlar
- Udi
- Udmurt tili
- Udmurtiya, Udmurtiya Respublikasi
- Udmurtlar
- UDOKAN
- UDONELLIDLAR
- UEDDELL DENGIZI
- Ueller (Weller) Tomas Xakl











