JOMONTOV
JOMONTOV — Tyanshandagi tog’ tizmasi (Qirg’izistonda). Chatir ko’lining shimoli-g’arbida. G’arbda Farg’ona tizmasiga yondosh. Uzunligi 70 kilometr. Eng baland joyi 4718 metr. Cho’kindi va metamorfik jinslardan tashkil topgan. Janubiy yon bag’ri arpa daryosi (Norin havzasi) vodiysiga tik tushgan, shimoliy yon bag’ri qiya. Dasht va o’tloq- dasht o’simliklari bilan qoplangan, yuqori qismida tog’o’tloqlari bor.