JULAYTOV

JULAYTOV — Qurama tog’larining Janubiy-Sharqiy qismidagi tog’. Sarvaksoy bilan Chodaksoy oralig’ida, Qurama tizmasining suvayirg’ich qismidan boshlanadi va tog’ etagi adirlarga tutashadi. Eng baland joyi 2645 metr. Gersin burmalanishi davrida ko’tarilgan. Suvayirg’ich qismida granit va granodioritlardan, qolgan qismi porfirtuf jinslaridan tuzilgan. Ko’pgina tektonik uzilmalar uchraydi. Siyrak archazor va butalar bilan qoplangan. Julaytovda Qoramozor rudali havza joylashgan.