SAN-PEDROSULA

SAN-PEDROSULA — Gondurasdagi shahar. Kortes departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 384 ming kishi (1990 yillar oxiri). Transport yo’llarining yirik tuguni. Qishloq xo’jaligi (banan, shakarqamish, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1536 yilda asos solingan.