SARANGIY
SARANGIY — torli kamonli qo’bizsimon hind musiqa cholg’u asbobi. Dastasi kalta, kosasi teri bilan qoplanadi. Kvartakvintaga sozlanadigan 3-4 asosiy torlaridan tashqari 11-15 qo’shimcha (akssado beruvchi) torlari mavjud. Sarangiyning sadolanishi kuchsizroq bo’lsada, mayin va yoqimlidir. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambllarda qo’llaniladi.