SARKAND
SARKAND — Qozog’iston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Jung’ariya Olatovi shimoliy yon bag’rida, Toldiqo’rg’ondan 155 kilometr shimoliy sharqda joylashgan. Aholisi 21,5 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Yog’pishloq, pivo, vino zavodlari, madaniy-ma’rifiy o’rta maxsus bilim yurti bor. Shaharga 1870 yil asos solingan.