UZUN TO’LQINLAR
UZUN TO’LQINLAR — to’lqin uzunligi 1 kilometrdan 10-20 kilometrgacha bo’lgan radioto’lqinlar. Radioto’lqinlar difraktsiyasi va ionosferadan qaytishi natijasida yerning sferik sirti bo’ylab 1-2 ming kilometrgacha bo’lgan masofalarga tarqalishi mumkin. Uzun to’lqinlar Yer sirtida kam yutiladi va shu sababli qiska to’lqinlarga. nisbatan o’z quvvatini kam yo’qotadi. Uzun to’lqinlar tarqalishiga ionosfera deyarli ta’sir etmaganligi uchun ularning sutka davomida tarqalishi o’zgarmaydi. Bu, o’z navbatida, barqaror aloqani ta’minlaydi va Uzun to’lqinlarni uzoq masofali (2000 kilometrdagi) aloqa tizimlarida qo’llash imkonini beradi.