ULCHLAR
ULCHLAR, olchlar (o’zlarini Nani, aynan — odamlar deb ataydilar) — Xabarovsk o’lkasida (Rossiya Federatsiyasi) yashovchi xalq. 3,2 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Ulch tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. O’tmishda Ulchlarda animizm, shamanizm keng tarqalgan. Ulchlarning etnogenezida taygadagi tunguslar, qadimgi tub joy aholi va boshqa etnik qatlamlar ishtirok etgan. An’anaviy mashg’ulotlari — baliq ovlash.
O‘xshash so‘zlar
- Uleksit, boronatrokaltsit
- ULGURJI BOZOR
- Ulin (Ohlin) Bertil
- ULKAN QORASHO’R
- Ulko Grigoriy Ilich
- Ulomov Valentin Ivanovich
- ULOQ
- Uloq, ko’pkari











