USTUNGUSHA
USTUNGUSHA — burchak tayanchi, ustun. Bino burchaklaridagi ustunsimon bezak. Bino mustahkamligini ta’minlagan va bezak sifatida peshtoq, ravoq, mehrob chetiga ustun, hoshiya, morpech shaklida ishlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi, Ali Nasafiy maqbarasi, turkan ot maqbarasi, Amirzoda maqbarasi, Oqsaroy, Amir Temur maqbarasi, sherdor madrasa va boshqalarning Ustungushalari turli shaklda, o’ziga xos bezakdor qilib pardozlangan.