USTYURT MAKONLARI
USTYURT MAKONLARI — neolit davriga oid makonlar. Ustyurt platosida joylashgan. SP. Tolstoe rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi (1948), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali arxeologiya otryadi (1964) tomonidan o’rganilgan. 60 ga yaqin makon aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan qurollar, qirg’ichlar, tosh parrakchalar, o’q uchlari topilgan. Ustyurt makonlari ichida eng yirigi Tempa makoni bo’lib, undan 1300 ga yaqin chaqmoqtosh qurollar chiqqan.