Qaychi qayerdan kelib chiqqan?
Bugungi kunda qaychilar turmushimizning shunday bir kundalik qismidirki, biz hatto ular qayerdan kelib chiqqani xususida o’ylab ham o’tirmaymiz. Ularning vujudga kelish tarixi esa judayam maroqli. XVII asrda qaysi bir hunarmandning miyasida ikkita mato kesish pichog’ini tayoqcha-mixparchin yordamida birlashtirish fikri tug’iladi — shunday qilib, hozirgilaridan deyarli farq qilmaydigan qaychi tayyor bo’ladi. To’g’ri, ancha ilgari, qadimgi Rimdayoq «qo’y» qaychilar (qo’ylarni qirqishgan, nomi ham shundan) mavjud edi. Ikkita tig’ mo’ychinakka o’xshash yoysimon prujinalanadigan plastina bilan birlashtirilgan — ular markazga nisbatan burilmasdi, balki shunchaki qo’l bilan qisilar edi. Keyinroq qaychilarni po’latdan, temirdan (po’lat tig’ni temir asosga payvandlashardi), kumushdan tayyorlaydigan, oltin suvi yugurtiradigan, obdon bezaydigan bo’lishdi. Bizning zamonamizda bu qadimiy qirqish asbobining ko’plab xillari mavjud. Bog’istondagi butalarni parvarishlaydigan, qushlar qanotlarini pardozlaydigan, teri kesadigan, qo’yning yungini oladigan, gazlama bichiqlaydigan, arqon qirqadigan maxsus qaychilar mavjud.