SHANNON

SHANNON — Irlandiyadagi eng katta daryo. Uzunligi 368 kilometr, havzasining maydoni 15,7 ming kilometr kvadrat. Qator joylashgan ko’llar orqali Markaziy tekislikdan oqadi, etuariy hosil qilib Atlantika okeaniga quyiladi. Yomg’ir suvidan to’yinadi. Kuz va qish oylarida sersuv, yozda suvi kamayadi. O’rtacha suv sarfi 200 metr kub/sekund. Loxal- Len ko’lidan boshlab kema qatnaydi. Ikkita kanal orqali Dublin bilan bog’langan. Quyilish yerida Limerik dengiz porti joylashgan.