SIU
SIU — AQSh va Kanada rezervatsiyalarida yashovchi indeys qabilalari (Dakota, assiniboynlar, Kroular, osejlar va boshqalar) guruhi. Umumiy soni 70 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Siu tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar, an’anaviy dinlarga e’tiqod qilishadi. Siu dehqonchilik bilan shug’ullanadi.