FAXRIDDINOV ZAYNIDDIN
FAXRIDDINOV ZAYNIDDIN (1922.8.2 — Qibray tumani yalang’och qishlog’i -2000.11.8) — xalq selektsioneri, O’zbekistonda tsitrus mevachilik asoschisi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy akademik (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom (1967). Mehnat faoliyatini 1938 y.da Qibray tumanidagi jamoa xo’jaligida boshlagan. 1960 yildan jamoa xo’jaligi issiqxonasida bog’bon, 1966 yildan gulchilik va tsitrus mevachilik brigadasi boshlig’i. 1988-2000 yillarda Limonariy jamoa xo’jaligi boshlig’i. Vegetativ duragaylash usulida Meyer limoni naviga Novogruzinskiy limon navi kurtagini payvandlash va olingan avlodni payvandust b-n qayta payvandlash (G’,— G’47) yo’li bilan serhosil, mevasi yirik, kasalliklarga chidamli F—1 Toshkent, Novogruzinskiy navi urug’idan chiqqan niholga Novoafonskiy navi kurtagini payvandlash va payvandlashni olingan avlodlarda kayta takrorlash (G’, — G’3) yo’li bilan F -2 yubiley («To’yona») limon navlarini yaratdi va bu navlarning mukammal agrotexnikasini ishlab chiqdi. Bu navlar MDH mamlakatlarida ko’plab issiqxonalarda sanoat usulida yetishtiriladigan asosiy navlar hisoblanadi. Faxriddinov tashabbusi va rahbarligida O’zbekistonning ko’pgina viloyatlari xo’jaliklarida issiqxona limonzorlari barpo etilgan. As: Toshkent limoni, T., 1969; Zolotoe Yabloko, T., 1982. Ad.: A’lam 3., Ota o’gitlari, T., 1985.