Qo’lro’molchalar qachondan beri qo’llaniladi?
Qo’lro’molchalarning o’ziga xos turlari juda qadim zamonlardan buyon inson tomonidan qo’llanilib kelinmoqda. Ehtimol, ro’molchaning ilk turi chiyabo’rining quyrug’i bo’lgandir, negaki u tayoqchada taranglatilgandi. Ibtidoiy odamlar undan qo’lro’molcha va yelpigich sifatida foydalanishgan. Ma’lumki, aksariyat yovvoyi qabilalar poxoldan bo’yralar tayyorlashgan, ularni bosh ustida tutib, terlarni artishda ishlatishgan. Balki, ana shu amal qo’lro’molchaning ilk daf’a qo’llanishi bo’lgandir. Qadimda Yunoniston va Rimda faqat qo’lro’molchalar emas, ayni paytda sochiqchalar ham ishlatilgan. Sochiqchalar dasturxon boshida qo’lni artish uchun foydalanilgan. Qo’lro’molchalar to’g’riburchakli shaklga ega bo’lgan, ularni kiyim ichiga solib, sayohat kezlarida foydalanishgan. XVII asrda Fransiyada qo’lro’molchalar bashang ko’rinishga ega bo’lgan. Ular jimjima to’rlar va aksariyat qimmatbaho jihozlar bilan bezatilgan. O’n sakkizinchi asrda hidlanadigan tamaki urf bo’lganida ayollar rangli gazmollardan qo’lro’molchalar tika boshladilar. Mariya Antuanetta Frantiya qiroli Lui Xu1ni qo’lro’molchalarni aylana, to’garak yoki kvadrat shaklida emas, balki kvadrat ko’rinishda bo’lishi lozimligi to’g’risida farmon chiqarishga ko’ndiradi.