FTALAT ANGIDRID

FTALAT ANGIDRID, S8N4O3 Ftalat (ortoftalat) kislota angidridi; rangsiz kristallar. Molekulyar modda 148,11. Suyuqlanish temperaturasi 130,8°, qaynash temperaturasi 284,5°, zichligi 1527 kg/m3. Ftalat angidrid suvda juda oz (25° da 0,6%), spirtda, uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Qaynoq suv ta’sirida gidrolizlanib oftalat kislotaga aylanadi. Kondensatlanish reaktsiyalariga oson kirishadi. Ftalat angidrid naftalin, shuningdek, oksilolni havo kislorodi yordamida gaz fazada katalizator ishtirokida oksidlash yo’li bn olinadi. Organik bo’yagichlar, alkid smolalar, plastifikatorlar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llanadi.