«UCHINCHI REYX»
«UCHINCHI REYX» (nemischa Uchinchi imperiya, uchinchi podsholik) — fashistlar Germaniyasiga nasistlar bergan nom. «Uchinchi reyx» termini uch podsholik haqidagi o’rta asr mistik ta’limotiga asoslangan. «Uchinchi» yoki «ming yillik» reyx (dastlabki 2 reyx o’rta asrlarda mavjud bo’lgan «Muqaddas Rim imperiyasi» va 1871-1918 yillardagi Germaniya imperiyasi hisoblangan) haqidagi afsonada fashizm ijtimoiy taraqqiyotning «yakunlovchi» «oliy» bosqichi deb e’lon qilingan.
O‘xshash so‘zlar
- «Ugradagi turish»
- «Ulug’ Turkiston»
- «Uotergeyt ishi»
- «Ur, to’qmoq»
- «Urganchyog'» aktsiyadorlik jamiyati
- «Usto» Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi
- Latent davr, yashirin davr
- U











