H
H — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz beshinchi harfi. Bo’g’izda hosil bo’luvchi, sirg’aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi. Qo’llanishiga ko’ra, uncha faol emas, asosan, Arab va fors tillaridan o’zlashgan so’zlarda yoziladi. So’zning boshi (havas, himoya, hunar), o’rtasi (ahvol, mohir, qahramon) va oxiri (guvoh, Olloh, sulh)da har qanday tovush-harf bilan yonma-yon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan bir qancha yozuvlarda (Avesto, Sug’d, Arab, lotin kabi) o’ziga xos belgi-shakllarga ega.