HABIB ASADULLO

HABIB ASADULLO (1941, Maymana shahri) — afg’on yozuvchisi, adabiyotshunos. 70— 80-yillar dari adabiyotida vujudga kelgan «yangi she’r» oqimining taniqli namoyandalaridan. Kobul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1961). Dastlabki hikoyalar to’plami — «uch Mardikor» (1966). Asarlarining asosiy mavzusi oddiy mehnatkashlarning og’ir hayoti haqida. Ilmiy ishlari mumtoz va hozirgi zamon dari adabiyoti tarixiga bag’ishlangan. «Oqbadan» (yoki «Oydin», 1965), «kishanlarni parchalovchilar» (1975), «tun va qamchin» (1978), «oqshom ila diydor» (1982), «qizil maktub» (1983), «o’roqlar va qo’llar» (1983— 84), «zulmat bilan vidolashuv» (1985), «So’nggi orzu» (1986) va boshqa asarlar muallifi. As: Oydin, T., 1982.