HUJRA

HUJRA — an’anaviy o’zbek me’morligidagi eng kichik xona; bir yoki bir necha kishiga mo’ljallangan yotoqxona. Jamoat binolari (madrasa, masjid, maqbara va boshqa ziyoratgohlar)da, turar joylarning tashqari qismida qurilgan. Yirik inshootlar (madrasa va boshqalar)da bosh peshtoq — yon tomonlaridan boshlab hovlini o’rab quriladigan mujassamot keng tarqalgan; bunday inshootlardagi Hujralar ko’pincha bir xil hajmda bo’ladi; ba’zan burchak Hujralar bir muncha» kattaroq bo’lib, ulardan darsxona sifatida foydalanilgan.