NARZAN
NARZAN — karbonat angidridli, sulfat gidrokarbonatli, kaltsiy-magniynatriyli mineral suv. Yurak-tomir sistemalari, me’da-ichak yo’llari kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilganda va boshqa kasalliklarda foydalaniladi. Kavkaz (masalan, Kislovodsk)da, Qrimda va boshqa joylarda chiqadi.