MAKRON

MAKRON — Eron tog’ligining Janubiy- Sharqiy chekkasidagi tog’lar, Eron va Pokistonda. Ho’rmuz bo’g’ozidan Kvetta shahri yaqinigacha yoy shaklida 1150 kilometr masofaga cho’zilgan. Balandligi 1000-2000 metr, eng baland joyi 2293 metr. Ohaktosh, kumtosh va mergeldan tarkib topgan o’zaro parallel tizmalardan iborat. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Tog’ etaklarida balchiqli vulkanlar uchraydi. Tog’yon bag’irlarida siyrak o’rmonlar, bodomzorlar bor. Vodiylarda mevali daraxtlar, xurmo o’stiriladi.