NABOPALASAR

NABOPALASAR, Nabu aplausur — Yangi Bobil podshohligi va xaldey shoxlari sulolasi asoschisi (miloddan avvalgi 626-605 yillarda hukmronlik qilgan). 626 yil Bobilliklarni Ossuriyaga qarshi qo’zg’oloni rahbari. Bobil 729 yildan Ossuriya qo’l ostida edi. Nabopalasar 626 yil oxirida — Bobil, 620 yil — Uruk, 615 yil — Nippur shaharlarini egallagan. 614 yil Midiya podshosi Kiaksar bilan ittifoq tuzgan va u bilan birgalikda Ossuriya ustidan 609 yil uzil-kesil g’alaba qozongan.