NAVUXODONOSORІІ

NAVUXODONOSORІІ — Bobil podshosi (miloddan avvalgi 605-562). 605 yil Suriya va Falastin hududini bosib olgan, 598 yil Shimoliy Arabistonga yurish qilgan. 597 yil, so’ngra 587 yil (boshqa ma’lumotlarga ko’ra, 586 yil) qo’zg’olon ko’targan Quddus shahrini vayron qilgan. Yahudiya (Iudeya) podsholigini tugatgan va Yahudiyaning aksariyat aholisini asir qilib olib ketgan. Uning davrida mashhur «Bobil minorasi» va osma bog’lar bunyod etilgan.