SAYDALIYEV UBAYDULLA ASQAROVICH
SAYDALIYEV UBAYDULLA ASQAROVICH (1950.18.4, Toshkent) — teatr rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1988). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1974). 1972 yildan Hamza teatri (hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatri)da rassom, bosh rassom. Saydaliyev ijodida shartli, ramziy usullardan foydalanib spektakllar ruhini ochib berishga xizmat qiladigan sahna bezaklari yaratadi: «Maysaraning ishi» (Hamza), «istehkom» (I. Sulton), «Shoshma, quyosh» (O’. Umarbekov), «Kuyov» (S. Ahmad), «oq kema» (Ch. Aytmatov) va boshqalar.