SALAMANKA
SALAMANKA — Ispaniyaning Markaziy qismidagi shahar, Kastiliyaleon Muxtor viloyatida, Termes daryosi sohilida. Salamanka provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 349,5 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’nteri sanoati korxonalari, 2 universitet bor. Shahar miloddan avvalgi 5-asrdan ma’lum. Salamanka karfagenliklar (miloddan avvalgi 3-asr), rimliklar (miloddan avvalgi 2-asr), arablar (8-11-asrlar) qo’l ostida bo’lgan. Me’moriy yodgorliklardan 12— 18-asrlarga oid sobor, universitet binosi va boshqalar saqlangan.