VAKUUM ASBOBLARI

VAKUUM ASBOBLARI — siyraklashtirilgan gazlar (vakuum)dagi turli hodisalardan foydalanib ishlashga asoslangan asboblar. Ular jumlasiga vakuummetrlar, yuqori vakuummetrlar, yuqori vakuumli sharoitda ishlaydi-gan jihoz va apparatlardagi gaz tarkibini aniqlaydigan gaz analizatorlari, gaz apparatlarining qaysi joyidan va qancha gaz sizib chiqayotganini aniqlaydigan asboblar va boshqalar kiradi.