FREONLAR
FREONLAR — yog’ qatori uglevodorod ftoridlar va uglevodorod ftorxloridlar guruhi. Freonlar suvda erimaydigan, organik erituvchilar va ko’pgina surkov moylarida esa yaxshi eriydigan gazsimon yoki suyuq moddalardir. Freonlar nisbatan kimyoviy inert, havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qilmaydi, yonmaydi, lekin alanga ta’sirida parchalanib zaharli diftor va ftorxlorfosgenga aylanadi. Freonlar sulfat kislota va kontsentrlangan ishqorlar ta’siriga chidamli, texnikada qo’llanadigan ko’pgina metall va qotishmalar (latun va magniy asosidagi qotishmalardan tashqari) bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Freonlar vodorod ftorid yoki surma ftoridlarga tegishli uglevodorod xloridlar ta’sir ettirib hosil qilinadi. Sovitish mashinalarida sovitkich modda o’rnida (masalan, CC13F, CC12F2 va boshqalar), yong’inni o’chirishda (masalan, CBrF3), ba’zi Freonlar ftorli olefinlar va ular asosida polimerlar olishda xom ashyo sifatida qo’llanadi.