FRENOLOGIYA

FRENOLOGIYA (Yunoncha phren — aql va … logiya) — inson ruhiy xususiyatlari bilan uning kalla suyagi tuzilishi o’rtasida bog’lanishlar bor, deb hisoblovchi ta’limot. Asoschisi — nemis shifokori Frans Gall (1758-1828). 19-asrning 1-yarmida keng tarqalgan. Frenologiya qobiliyatlar odam bosh miyasining turli qismlarida joylashgan bo’ladi, degan fikrni ilgari surgan. Aqliy sifatlar katta yarim sharlardagi izchalar orqali izohdangan. Gall miya xaritasini tuzib, unda har bir qobiliyatning maxsus organini tasvirlab bergan. Frenologiya ta’limotiga ko’ra, miya ayrim qismlarining rivojlanishi kalla suyagi shakliga ta’sir ko’rsatadi va uning tegishli qismini qabariq shaklga keltiradi. Frenologiya 19-asrda ruhiy tashxis uslubi sifatida keng qo’llanilgan. 1870 yilda Frich va Gitsig tomonidan miyaning turli qismlarida ruhiy harakat markazlari mavjudligi to’g’risidagi qonuniyatning kashf etilishi Frenologiyaning yaroqsizligini ko’rsatdi. Ergash G’oziyev.