ABOLITSIONIZM

ABOLITSIONIZM (lotincha Abolition -yo’qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish harakati. Abolitsionizm 18 — asrda AQSh, Frantsiya va Buyuk Britaniyada paydo bo’lib, 19 — asrning 1 — yarmida avj olgan. AQShdagi Abolitsionizm jamiyatlari quldorlikka qarshi targ’ibotni kuchaytirdilar. Abolitsionizm ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-65 yillarda AQShda bo’lib o’tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o’ynadi. Bu urush natijasida AQSh Janubidagi quldorlikka chek qo’yildi; 3) Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor kilish uchun olib borilgan kurash harakati.