ABONENT YO’LI

ABONENT YO’LI, telefon aloqa yo’li — muassasa va xonadonlarga o’rnatilgan telefon apparatini ikki simli kabel telefon stansiyasi bilan bog’lovchi aloqa liniyasi (yo’li). Uch qism: magistral, taqsimlash va bevosita ulash qismlaridan iborat. Magistral qism stansiyadan to tashqi taqsimlash qutisigacha yer ostidan o’tkaziladi. Taqsimlash qismi tashki taqsimlash kutisidan ichki (xona ichidagi) taqsimlash qutisigacha tortiladi. Bevosita ulash qismi ichki qutini abonentning telefon apparati bilan bog’laydi. Telegraf stansiyasi bilan apparat o’rtasidagi aloqa yo’li ham Abonent yo’li deb ataladi. Abonent yo’li shaharlarda 1-2 km dan oshmaydi. Qishloq sharoitida va shahar chetida ochiq sim yo’llarini ham Abonent yo’li sifatida ishlatish mumkin.