ABU NASR PORSO MAQBARASI
ABU NASR PORSO MAQBARASI -Naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan vakili Shayx Abu Nasr Porso qabri ustiga qurilgan yodgorlik (15-asrning 70-yillari). Balx shahrida. Bino to’rtburchak tarhli, har tarafi o’rtasida ikki oshyonli ravoq-ayvonlar bor. Katta peshtoq, ikki yonidagi baland guldastaburjlar, orqadagi mayda va zich G’arovli gumbaz juda serhasham. Me’mor o’z davrigacha me’morchilikda erishilgan barcha ijodiy sifatlardan foydalangan. Ayniqsa koshinkori bezaklar nihoyatda nozik va nafis.