ABU SUFYON

ABU SUFYON (567-652) — ilk Islom davridagi yirik savdogar va Makka qurayshiylarining zodagoni. Makkada Muhammad (sav) ga va uning diniy targ’ibotiga qarshi kurashib, uni ta’qib qilgan. Keyinchalik Madina davlati kuchaya boshlagach, o’z xonadoni vakillarining Islom davlatida ta’sirli o’rin egallashini ta’minlash maqsadida Muhammad (sav) bilan yarashgan. 630 yilada Makkani Muhammad (sav) boshchiligidagi musulmonlarga jangsiz topshirgan. Xalifa Usmon davrida Abu Suyfonning o’g’li Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Ali vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qo’lga olgan Muoviya umaviylar sulolasiga asos solgan.