ABU TOHIRXOJA SAMARQANDIY

ABU TOHIRXOJA SAMARQANDIY (Mir Abu Tohir ibn Qozi Abu Sa’id Sadr Samarqandiy) (7-1874) — tarixchi. Axloqqa oid «Axloqi Muzaffariy» («Muzaffar axloqi») asari Buxoro amiri Muzaffarga bag’ishlangan. Unda Muzaffarning axloqiy qarashlari va yurish-turishlari bayon qilingan. «Samariya» asarida Samarqandning qadimgi davrdan to 19-asrgacha bo’lgan tarixi tasvirlangan.