ABULVOSE
ABULVOSE (15 — a.) — shoir. Insho san’atida mohir, hazil-mutoyibaga moyil, hozirjavob bo’lgan. Abulvose haqida Vosifiy («Badoe’ul-vaqoe'»), Jomiy («Bahoriston»), Navoik («Majolis unnafois») asarlarida ma’lumotlar berilgan. Vosifiy Abulvosening hozirjavobligi bilan Navoiy tahsiniga sazovor bo’lgani, Sulton Mahmudga bag’ishlangan «Chor dar chor» qasidasining yaratilishi tarixi va 24 baytli shu qasida matnini ham keltiradi. Jomiy ushbu qasidaga yuksak baho berib, unga hech kim javob yoza olmaganini aytadi. Navoiy Abulvosening Majdiddin Muhammad haqida 500 baytdan ortiq, boshqalar haqida 1000 baytdan ziyod hajvlar yozganini ma’lum qiladi. Jomiy vafotidan so’ng Navoiy tavsiyasi bilan Abulvose uning tarjimai holini yozgan.