ABULFARAJ ISFAHONIY

ABULFARAJ ISFAHONIY (897, Isfahon — 967.21.11, Bag’dod) — Arab yozuvchisi. Umaviylarning Marvon II naslidan. Arab adabiyoti she’riyati va tarixi bo’yicha yetuk olim bo’lgan. Hadis, grammatika, lug’atchilik, tabobat, astronomiya bilan shug’ullangan. Abulfaraz Isfahoniyning 20 jildli «Al-Ag’oniy al-Kabir» («Qo’shiqlar kata kitobi») ida Arab she’riyati haqida mufassal ma’lumotlar beriladi. Bu kitob 1285 yilda Misrda nashr etilgan, Yevropada mashhur bo’lgan.