ABULXAYRXON

ABULXAYRXON (1412-1468) — O’zbek ulusi xoni (1428 y.dan). 1446 yilda Abulxayr Sirdaryo bo’yidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqo’rg’on, Arquq, O’zgan, Sig’noq, Suzoq) ni bosib oldi. 1447 yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sig’noqqa ko’chirildi. 1431 yilda Abulxxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448 yilda Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamal qildi. 1451 yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qo’shilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga o’tqazdi. Abulxayrxon temuriylardan Muhammad Jo’qiyga ham ko’maklashdi (1460-62). Abulxayrxon vafotidan keyin Iboqxon, Jonibek, Burka Sulton, Yomg’urchi, Muso Mirzo, Ahmadxon taxt vorisi Shayx Haydarni mag’lub qildilar. Lekin 15-asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon o’z raqiblari ustidan g’alaba qozondi va hokimiyatni qo’lga oldi.

ABULXAYRXON (1693-1748) –kichik juz xoni. Abulxayrxon 1720-yillarda qozoqlarning Jung’ar (mo’g’ul-qalmoq) bosqinchilariga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1731 yilda Abulxayrxon qozoq zodagonlarining bir qismi bilan o’zlarining Rossiyaga tobe bo’lishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Ko’pchilik qozoq sultonlarining Abulxayrxon siyosatiga qarshi muxolifatda bo’lishlari natijasida Abulxayrxonning rejasi amalga oshmadi. Abulxayrxon chingiziy Baroq Sulton tomonidan o’ldirilgan.