AB’OD

AB’OD (Arabcha bu’d oraliq so’zining ko’pligi) — ikki nag’ma, ya’ni ton oraliqlari, intervallar. Qadimgi Sharq musiqa nazariyasida Ab’odning juda ko’p turlari bo’lgan. Jumladan ab’odi avsat, ab’odi vusto — o’rtacha hajmdagi intervallar — oktava, septima, seksta, rinta va kvartalar. Ab’odi izom yoki ab’odi Kubro — katta intervallar. Ular kvintdesima, duodesima va Undesima kabi oktavadan katta intervallarni o’z ichiga oladi; ab’odi lahniy yoki ab’odi sig’ar — kichik intervallardir: katta sekunda bilan kichik sekunda intervallarini o’z ichiga oladi, ba’zan tersiya ham ko’zda tutilgan. Bular kuy va pardalar hosil qilishda qo’llanilgani uchun «lahniy» («kuychan») deb atalgan. Lahniylarning turlari: izom (katta), avsat (o’rtacha) va sigar (kichik); ab’odi muloyim yoki ab’odi muttafiq (ittifoqdosh) — yoqimli, ohangdosh intervallar. konsonanslar; ab’odi munofir yoki ab’odi mutanofir ikki nafratli oraliq, yoxud ab’odi g’ayri muloyim — yoqimsiz, nomuloyim intervallar — dissonanspar; ab’odi musta’mal — musiqa amaliyotida qo’llaniladigan intervallar: ab’odi g’ayri musta’mal — musiqada qo’llanilmaydigan intervallar. Maxsus musiqa o’quv yurtlaridagi Sharq musiqasiga oid darslarda Ab’od tizimi o’rganiladi.