AVGUSTIN ORDENI

AVGUSTIN ORDENI – gadoylik (qalandarlik) qilib yuruvchi monax (rohib)lar ordeni. Nizomi noto’g’ri ravishda avliyo Avgustin (354-430) ga doxil qilingan. Orden 1243 yilda Italiyada bir qancha qalandar rohiblar jamoasini birlashtirish va ularni Avgustin nizomiga bo’ysundirish natijasida kelib chiqqan. 15 — asr o’rtalarida 30 ming a’zosi bo’lgan. 18 — asrdan Avgustin ordenining ahamiyati yo’qola boshladi.