AVIADESANT ARTILLERIYA QURILMASI

AVIADESANT ARTILLERIYA QURILMASI — havo-desant qo’shinlari tarkibida harakat qiladigan o’ziyurar jangovar mashina. Asosan o’t ochish quvvati, ziraushligi bilan ajralib turadigan, o’zicha harakat qila oladigan maxsus mashina hisoblanadi. Turli (zirhlangan) ob’ektlarga qarshi qo’llaniladi. Og’irligi qurolning kalibriga qarab 3 tonnadan 20 tonnagacha. Desant tushiriladigan joyga samolyot yoki vertolyotlar bilan yetkaziladi, yerga parashyutlarda tashlanadi, samolyot yoki vertolyotlarda aerodromdan, qo’nish maydonlaridan jang maydoniga yetkaziladi.