AVLIYO

AVLIYO (Arabcha, valiy so’zining ko’pligi, Xudoga yaqin odam) — tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan o’zini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz o’giruvchi kishi. Avliyo so’zi «aziz» so’zi bilan birga ham ishlatiladi. Masalan, «aziz-avliyolar» tasavvufda o’zining kashfu karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, piru murshidlarga nisbatan ko’llaniladi. Islom an’anasida Avliyolar qaysidir bir ishi, xizmati yoki xislati tufayli Allohga yaqin bo’lib qolgan, duolari mustajob, Solih, Qobil, kamtar kishilardir. Avliyolar payg’ambarlar darajasidan keyin turadi. Islom aqidasi bo’yicha Avliyo har qancha kashfu karomatga ega bo’lmasin bir oddiy payg’ambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Avliyolarning mozorlarini ziyorat qilib ruhiy ozuqa olish Islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.